«o‘z joniga qasd qilish» tegli maqolalar


Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi
10 fevral 2025, 14:42

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi

Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Hodisani ko‘rgan fuqarolar uni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularga quloq solmagan.

Farg‘onada o‘zini 3-qavatdan tashlagan talaba qiz vafot etdi
26 yanvar 2025, 12:30

Farg‘onada o‘zini 3-qavatdan tashlagan talaba qiz vafot etdi

Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan.

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
15 yanvar 2025, 16:53

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz o‘zini 8-qavat yo‘lak derazasidan tashlab halok bo‘ldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi
25 noyabr 2024, 16:13

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi

Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi
13 avgust 2024, 20:19

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi

Sud muntazam zo‘ravonlik orqali xotinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan erkakka hukm o‘qidi. Ayol mart oyida Bekobod shahridagi turar joy binosining beshinchi qavatidan sakragandi.

Andijonda totalizatorda yutqazgan 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi
2 avgust 2024, 17:54

Andijonda totalizatorda yutqazgan 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi

Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan.

Olmaliqda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi
4 iyun 2024, 21:34

Olmaliqda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

Toshkent viloyatida o‘zini 16 qavatli bino tomidan tashlab, halok bo‘lgan 19 yoshli qiz ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi
4 iyun 2024, 19:28

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi
23 aprel 2024, 10:08

Toshkent viloyatida “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.

Samarqanddagi kanaldan ikki bolaning jasadi topildi
18 aprel 2024, 15:07

Samarqanddagi kanaldan ikki bolaning jasadi topildi

Toyloq tumanidagi “Darg‘om” kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topildi. Bir kun avval fuqaro IIBga murojaat qilib, 24 yoshli kelini o‘g‘li va qizi bilan uydan noma’lum tomonga chiqib ketganini ma’lum qilgan. Hozirda ayolni izlab topish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyatida 5-qavatdan qulab vafot etgan ayolning eri ushlandi
4 aprel 2024, 09:53

Toshkent viloyatida 5-qavatdan qulab vafot etgan ayolning eri ushlandi

Bekobod tumanida eri bilan janjal vaqtida 5-qavatdan o‘zini tashlab vafot etgan ayolning eri ushlandi. Avvalroq uning qo‘shnilari ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgandi.

Bekobodda ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 aprel 2024, 21:47

Bekobodda ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan qulab vafot etgandi. U eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragani aytilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan JKning “homilador ayolni o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash” qismi bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida yosh ayol 5-qavatdan qulab vafot etdi. U muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda
1 aprel 2024, 12:19

Toshkent viloyatida yosh ayol 5-qavatdan qulab vafot etdi. U muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda

Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhuma eri tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda. Unga uch marta himoya orderi berilgan. Qo‘shnilar ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgan.

Toshkentdagi maktab hududida 31 yoshli erkak osilgan holda topildi
28 dekabr 2023, 10:28

Toshkentdagi maktab hududida 31 yoshli erkak osilgan holda topildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
26 dekabr 2023, 16:04

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.

Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi
29 noyabr 2023, 09:43

Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Toshkent metrosining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi
20 noyabr 2023, 11:03

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi

Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari
24 avgust 2023, 10:53

“O‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman”. Farg‘onalik 20 yoshli kelinchakning o‘limi tafsilotlari

Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi
21 avgust 2023, 15:13

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi

O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Uning otasi esa bunga shubha qilyapti
10 avgust 2023, 11:01

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Uning otasi esa bunga shubha qilyapti

15-iyul kuni Oltinko‘l tumanida 21 yoshli ayol yashash xonadonida o‘zini osib, vafot etgani aytilmoqda. Uning otasi “Gazeta.uz"ga o‘lim sabablaridan shubhalanayotgani va qizining murdasida tan jarohatlari bo‘lganini ma’lum qildi. “Farzandimning o‘zini zaharlashi va jarohat yetkazishiga umuman ishonmayman”, — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting